Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Bakalavriat ta’lim yо‘nalishi – fan va xizmat kо‘rsatish sohasidagi yо‘nalish bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, davlat boshqaruv organlari, sayohat agentliklari, aviakompaniya, firma va mehmonxonalar va shu kabi muassasalarda kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, axborot-tahliliy faoliyat, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tarjimonlik, tadbirkorlik kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug'ullana oladilar.
Dastur xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishda xalqaro va ichki turizmni tashkil etish va boshqarishga o'rgatadi. Turistik firmalar, mehmonxona va analogik joylashtirish vositalari, milliy va xorijiy turistlarga ovqatlantirish, ekskursiya va transport xizmatlarini tashkil etuvchi korxonalar faoliyatini tashkillashtirish va boshqarishni o'z ichiga oladi.
Mazkur dastur milliy va xorijiy turistlarga ovqatlantirish, ekskursiya va transport xizmatlarini tashkil etuvchi korxonalar faoliyatini tashkillashtirish va boshqarishga o'rgatishni o'z ichiga oladi.
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishi – iqtisodiyot sohasidagi yo’nalish bo’lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo'yicha iqtisodiy tashkiliy masalalar yechimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga nafaqat nemis tilining leksik va grammatik tizimini tushunish hamda C1 darajasida til ko'nikmalarini egallash, balki kommunikativ faoliyat yondashuvi doirasida o‘qitishning zamonaviy metodika va didaktikasi ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot kompetentsiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, chet tillarini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab kompetentsiyalarni o'zlashtiradilar, rivojlantiradilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga nafaqat ingliz tilining leksik va grammatik tizimini tushunish hamda C1 darajasida til ko'nikmalarini egallash, balki kommunikativ faoliyat yondashuvi doirasida o‘qitishning zamonaviy usullari ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, chet tillarini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab tushunchalarni rivojlantiradilar.