Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Mazkur dasturda Musiqiy ta`lim yo`nalishi talabalarini musiqa madaniyati o`qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlaydi. Mеtodika ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining o`quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunini anglatadi. Musiqa o`qitish mеtodikasi o`qituvchisidan istе'dod, qobilyatlar va ishtiyoqlar mavjud bo`lishini talab etadi. Musiqiy ta`lim yo`nalishi talabalarni havaskorlik jamoa rahbarligiga o`rgatadi.
Mazkur dasturda oʼrta taʼlim maktablari va professional ta'lim va oliy taʼlimgacha boʼlgan taʼlim muassasalari uchun tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlaridan oʼqituvchilar tayyorlash, maktab va maktabdan tashqaridagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borish uchun pedagog xodimlar tayyorlash bilan bogʼliq boʼlgan kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Oʼquvchilarni badiiy ijodga yoʼnaltirish, kasbga yoʼnaltirilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining pedagogik faoliyat jarayonlari, umumiy oʼrta taʼlim, kasb hunar taʼlimi, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida tasviriy sanʼat fanlaridan oʼqituvchi, yoshlar ijodiyot uylarida tasviriy sanʼat toʼgarak rahbari, taʼlim sohasidagi yuqori va quyi tashkilotlarda pedagog mutaxassis, ishchi xodim, rahbar, fundamental fan, pedagogika va xususiy metodika sohasidagi muammolarni tadqiq qilish uchun ilmiy faoliyat bilan shugʼullanish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.