Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Mazkur dastur orqali bo‘lajak mutaxassislar kelajakdagi kasbiy faoliyatda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy madaniyat nazariyasi, olimpiya bilim asoslari, shaxmat, yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlari kabi fanlar sohalari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, shu jumladan masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil eta oladi, o‘quv-tarbiya jarayoni va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlashni biladi.
Maktabgacha ta’lim ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki (sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan «Mehribonlik» uylari va «Bolalar shaharchalari», Ko‘p tarmoqli iqtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim yo’nalishi bor bo’lgan professional ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’limga oid fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boradilar.