Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 77 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Koreya Respublikasining Kemyung universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Peyzaj va portret” nomli 1-xalqaro ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash hamda ular ijodiy ishlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ushbu ijodiy tanlovda Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari Shohruza Tojiboyeva va Sardor Haqnazarov tanlovning 3-o‘rniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, shu ta’lim yo‘nalishi talabasi Nargiza Abdumajitova tanlovda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Koreya Respublikasi Kemyung universiteti xalqaro ishlar prorektori Kim Song Chjon tomonidan munosib sovg‘alar bilan mukofotlanishdi.
Rektor G‘ofurjon Muxamedov va universitet jamoasi talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi ijodiy ishlariga omad va zafarlar tilaydi.