Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 118 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov 3-may kuni universitetning 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, talabalarga ta’lim va ta’limdan tashqari faoliyati infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi.
Universitet rahbari bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishuvni qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan Talabalar turar joyidan boshladi. Talabalar shaharchasida qurilgan bino va amfiteatr yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Talabalar turar joyini zamonaviy jihozlar bilan jihozlash, talabalar uchun hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonalarini sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy liftlarni o‘rnatish masalalari yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Keyingi obyekt universitetning Markaziy kampusida qurilayotgan o‘quv binosi ham ko‘zdan kechirildi. O‘quv binosidagi ma’ruza zallarini yangi davr talablariga mos qurish zarurligini uqtirdi.
Rektor G‘ofurjon Muxamedov ChDPUning tarixiy qismida universitet strategiyasi va ta’limni yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida tashkil etilayotgan "Kreativ park" loyihasi yuzasidan fakultet rahbarlari bilan fikr almashdi. Ilm-fan va texnologiya integratsiyalashgan ta’limga asoslangan "Kreativ park"da har bir ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zi uchun kerakli bilimlarni egallash bilan bir qatorda, dam olish imkoniyatlarini ham yaratish zarurligi yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.