Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu ixtisoslik bo'yicha inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlari, psixologiyaning tadqiqot predmetlari, sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalaro'rganilib ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslikda Professional ta’lim tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi berilishi, ilmiy izlanuvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirilishi, tanlab olingan ixtisoslik bo'yicha kelgusida o'zlarining ilmiy yo'llarini rivojlantirishni tadqiq qilinadi.
Mazkur ixtisoslikda “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metodlar”, “shakllar” va “vositalar” tushunchalari. Pedagogik texnologiyalarning mezonlari, Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, “Pedagogik texnologiya”ning mohiyati va unga qo‘yilgan talablar, Metodika va texnologiya, Ta’lim metodlari va ularning tasnifi, Ta’lim usullari va vositalari, Ta’lim shakllari, Pedagogik muloqotning asosiy shakllari, Ta’lim tizimlari,
Pedagogik texnologiyalarni turlarga ajratish muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Pedagogika ixtisosligi bo‘yicha nazariy va kasbiy tayyorgarlik darajasi, ushbu fanning shakllanish va rivojlanish tarixini, umumiy konsepsiyalari va metodologik asoslari, manbalarini, mazkur bilimlar tarmog‘ining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud materialni nechog‘lik bilishini aniqlab berishi, uning ilmiy adabiyotlar, shu jumladan, chet el davriy nashrlari hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini yoritib beruvchi ixtisoslik.
Ushbu ixtisoslikda turli mamlakat va rayonlar ichidagi joylashuv xususiyatlar hamda hududiy iqtisodiy-ijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini, uning asosiy vazifalari va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylashishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat, hududiy tarkibi va strukturasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslikda tayanch doktorantlar yerning geografik qobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy qismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham), tabiatshunoslik fanlarining tarmoqlari va tabiiy geografik majmualarning makon va zamonda obʼyektiv mavjudligini eʼtirof etish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishadi.
Ushbu ixtisoslik bo'yicha tayanch doktorantlar adabiyot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalar, jahon adaboyoti, madaniyati, shaxs psixologiyasini tushunib, pedagogik antropologiya va boshqa ko'plab tushunchalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar va yuqoridagi ko'nikmalardan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi.
Mazkur ixtisoslikda tilshunoslik asoslari, hozirgi qozoq adabiy tili, ona tilini o'qitish metodikasi, o'zbek dialektologiyasi, matnshunoslik, o'zbek tili tarixi, o'zbek tilining nazariy grammatikasi kabi fanlardan ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslikda tayanch doktorantlar dunyo xalqlarining madaniyati, O'zbekiston tarixi, arxeologiya, muzeyshunoslik, manbashunoslik, etnologiya, tarixiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar shu bilan birga yo'qoridagi ko'nikmalaridan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi.
Mazkur ixtisoslikda muhitning turli sharoitlari ostida o‘simliklarning hayoti va faoliyati jarayonida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni tadqiq etish va turli hil o‘simliklarning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini o‘rganib, ulardan qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi muammolarni hal etishda foydalanish ustida imiy izlanislar olib boriladi.
Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi hozirgi zamon mikrobiologiya va virusologiyasining asosiy metodologik aspektlari, sanoatdagi, qishloq xo‘jaligi va ekologik muammolarni yechishdagi o‘rnini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni yechish uchun asos bo‘lib xizmat qilib ular ichida prokariot mikroorganizmlar ayrim o‘rin tutishi, ularni tabiiy jarayonlarida qatnashishlari o'rganiladigan ixtisoslik hisoblanadi.
Mazkur ixtisoslikda organik moddalar sintezi uchun xom-ashyolar: parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi va sintez-gaz olish kimyosi va texnologiyasi, galogenlash jarayonlari, radikal-zanjirli galogenlash, suyuq fazada xlorlash jarayonlari, gaz fazasida xlorlash texnologiyasi, aromatik birikmalarni galogenlash, ftorlash jarayonlari, xlorli xosilalar gidrolizi va ishqoriy degidroxlorlash, ishqoriy degidroxlorlash bilan xlorolefinlar ishlab chiqarish, ishqoriy gidrolizlash bilan spirt va fenollar ishlab chiqarish, gidratatsiya va degidratatsiya, olefinlar va atsetilen gidratatsiyasi, degidratatsiya jarayonlari, eterifikatsiya, metanol ishlab chiqarish texnologiyasi, alkillash jarayonlari, sulfatlash, sulfirlash va nitrolash jarayonlari, oksidlash jarayonlari, degidrirlash va gidrirlash jarayonlari, uglerod oksidi asosida sintez jarayonlarini texnologiyalari kabi ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslik bo'yicha tayanch doktorantlar polimerlar molekulalarining katta o’lchami va zanjirsimon tuzilishi, oddiy quyimolekulyar moddalardan farqlanuvchi o’ziga xos xossalarni o'rganib polimer moddalar makromolekulasining xususiyatlari, polimerlarning sintezi va uning muhim qonuniyatlari, fizik-kimyoviy va fizikaviy-mexanik xossalarining asosiy xususiyatlari, polimerlar kimyosida qo’llanadigan usullar va sanoatda hamda turmushda keng qo’llaniladigan polimerlar haqida ilmiy izlanishlar olib borishadi.
Mazkur ixtisoslikda uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlari, organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllari ilmiy tadqiq etiladi.
Ushbu ixtisoslikda tayanch doktorantlar osmon jismlari va hodisalari, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasini tushuntirish uchun matematika, fizika va kimyodan foydalanish usullari, sayyoralar, oylar, yulduzlar, tumanliklar, galaktikalar va kometalar va tegishli hodisalarga o'ta yangi yulduz portlashlari, gamma nurlarining portlashlari, kvazarlar, blazarlar, pulsarlar va kosmik mikroto'lqinli fon radiatsiyasi hamda yer atmosferasidan tashqarida paydo bo'lgan narsalarni o'rganib ilmiy faoliyat olib boradilar.
Matematik analiz ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturada ta'lim olayotgan doktorantlar oliy ta'limdagi ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy muammolarni matematik modellashtirish, matematik analiz kursida mavjud muammolarni va ko'plab dolzarb masalalarni yechish, ularni amaliyotga tadbiq qilish uchun asosiy e'tiborni qaratishi lozim bo‘lgan ixtisoslikdir.