Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 92 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Turizm fakulteti Lingvistika va ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan 2024-yil 26-aprel kuni "Bo'lajak ingliz tili o'qituvchisi - talaba nigohida" nomli individual yondashuvga asoslangan ilmiy- amaliy tadbir o'tkazildi. Tashkil etilgan ilmiy amaliy tadbir Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi III-IV- bosqich talabalar ishtirokida tashkil etildi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, bo'lajak pedagogning dars davomida turli xil metodlardan foydalanib, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish borasida professor- o'qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar berish nazarda tutilgan. Tadbir davomida har bir ajratilgan guruhlar tominidan alohida shaklda bittadan turli zamonaviy metodlar orqali tashkil etilgan darslardan qisqa lavhalar namoyish etildi. Jumladan :
1. 21.1 - guruh talabalari tomonidan CLIL metodi;(Content and language integrated learning)
2. 21.2 - guruh talabalari tomonidan TPR metodi; (Total Physical Response)
3. 21.3 - guruh talabalari tomonidan TBLT metodi; ( Task based language teaching)
4. 21.4 - guruh talabalari tomonidan Flipped Classroom metodi;
5. 21.5- guruh talabalari tomonidan TTT ( Test Teach Test) metodlari amaliy hamda nazariy jihatlari tushuntirib berildi.
Tashkil etilgan ushbu ilmiy- amaliy metodik tadbir nafaqat ingliz tilini o’qitish metodikasi doirasiga tegishli bo’libgina qolmasdan, balki universitetdagi boshqa yo’nalish uchun ham (masalan, Kimyo fanini o’qitish metodikasi, Matematika fanini o’qitish metodikasi, Biologiya fanini o’qitish metodikasi, Tarix fanini o’qitish metodikasi ) yo’nalishlarida mutaxassislarni tayyorlashda xizmat qilishga mo’ljallangan. Shuning uchun o’tkazilgan tadbirda faqat ingliz tilida emas aksincha rus tili va o’zbek tillaridan foydalanildi.
Tadbirga universitet rektori, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor- o’qituvchilari, shu bilan bir qatorda kafedramiz bilan o’zaro hamkor Chirchiq shahar va tuman maktablari direktorlari, o’qituvchilari hamda o’quvchilari tashrif buyurishdi.