Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 199 marta
Tegishli bo'limi: Yig'ilishlar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasining 2023-yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet ma’muriyati hamda ChDPU mehnat jamoasi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni universitet prorektori Samariddin Qorayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Yig‘ilish kun tartibiga universitet Kasaba uyushmasining 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti, Qo‘mitaga yangi Kasaba uyushmasi raisi, faollari, taftish komissiyasi a’zolari hamda g‘aznachisini saylash, 2024-yil ish rejasi va boshqa masalalar qo‘yildi.
Qo‘mita Kasaba uyushmasi raisi Doniyor Zokirov 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Korxonada xodimlarga berilayotgan turli imtiyoz va kafolatlar kasaba uyushmasi va ish beruvchi o‘rtasida imzolanadigan jamoa shartnomasi orqali tartibga solinadi. Ish beruvchi korxonadagi kasaba uyushmasi tashkiloti orqali xodimlarning muammolarini aniqlab, ularni birgalikda bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mehnat, xo‘jalik, oila va fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha qonun hujjatlariga tayangan holda bepul huquqiy maslahatlar, xulosalar, yo‘llanmalar, bolalar oromgohlariga berildi, korxona kasaba uyushmasi tashabbusi va mablag‘lari hisobiga bayramlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, xodimlar o‘rtasida turli musobaqalar, tanlovlarning o‘tkazilishiga imkoniyat yaratdi.
Hisobotdan so‘ng, universitet prorektori tomonidan Kasaba uyushmasi raisi Doniyor Zokirovga samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan to‘xtalib, Kasaba uyushmasining eng muhim afzalligi – agar xodim kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lsa, muammolarni yakka o‘zi emas, balki jamoa yordamida hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tildi.
Kasaba uyushmasi raisligiga qo‘yilgan nomzodlar orasidan eng ko‘p ovoz olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi inspektori Bekmatov Baxtiyor Dilshatovich xodimlar tomonidan saylandi. Shuningdek, Kasaba uyushmasi faollari, taftish komissiyasi a’zolari hamda g‘aznachisi saylanib, tanishtirildi. Xodimlar o‘zlari ishonib saylagan kasaba uyushmasi raisi orqali korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi, kasaba uyushmasi tashkiloti hamda ish beruvchi o‘rtasida imzolanadigan jamoa shartnomasiga ishchi-xodimlar o‘zlarining takliflarini berishlari, ushbu jarayonda bevosita ishtirok etishlari, imzolangan jamoa shartnomasi orqali qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar olish huquqidan foydalanishlari mumkin. Yig‘ilish davomida xodimlar ana shunday imkoniyatdan foydalanib, 2024-yil rejasi uchun o‘z takliflarini bildirdilar.
Xodimlarni baxtsiz hodisa va kasb kasalliklariga chalinishlardan muhofaza qilish maqsadida ish beruvchi moddiy ko‘mak berish, xodimlar uchun madaniy-ma’rifiy va sport muassasalarida madaniy, intellektual saviyasini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, turli aktsiya, ko‘rik-tanlov, musobaqa, forum, oilaviy va jamoaviy spartakiadalarda qatnashish, teatr va kontsertlarga imtiyozli chiptalarni olish, ichki turizm, mehnat muxofazasi va boshqa ko‘plab masalalarda barcha imkoniyatlarni ishga solamiz –dedi yangi saylangan Kasaba uyushma raisi Baxtiyor Bekmatov.