Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 615 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
Chirchiq davlat pedagogika universitetida Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turkiya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan muloqotda Turkiya Respublikasi Nejmittin Erbakan univesiteti Siyosat fakulteti dekani, professor Birol Mercan, Turkiya Respublikasi Bingol universiteti fan doktori Bilal O`zel, Nejmittin Erbakan univesiteti fan doktori Mustafo Junayit O`zshahin, Janubiy Afrika Respublikasi Stellenbosch universiteti fan doktori Ramazan Uchtu va Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar va g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida Chirchiq davlat pedagogika universitetiga ehtirom sifatida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedovning to‘qima gilamga tushirilgan portreti topshirildi.