Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 145 marta
Tegishli bo'limi: Sport
Maktabgacha ta’lim fakultetida shaxmat boʻyicha turnir boʻlib oʻtdi. Turli nominatsiyalarga boy va qizg‘in intellektual kurash asosida tashkil etilgan turnirda fakultetning kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli talabalari ishtirok etishdi. Musobaqani shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida shaxmat boʻyicha FIDE sport ustalari mehmon sifatida taklif qilindi.
“Biz talabalarimizga oʻzlarining strategik koʻnikmalarini namoyish etishlari uchun platforma taqdim etganimizdan faxrlanamiz. Bu kabi musobaqalar talabalarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega”, - deydi Bolalar sporti kafedrasi mudiri Abduqayum Abdullayev.
Gʻolib va sovrindorlar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.