Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 124 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
"Individual taʼlim va innovatsiyon gʻoyalarni rivojlantirish markazi" tomonidan sayyor debat dars tashkil etildi. Universitet professor-oʻqituvchilari hamda boshlangʼich taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida "Zamonaviy pedagogik imidjini rivojlantirish" masalalari yuzasidan mavjud muammolar tahlil etildi.
Sayyor debat darsida:
- Maktab-talaba-universitet klasteri
-Amaliyotchi talaba kundaligi
- 4+2 dasturida talabalar tashabbusi yuzasidan real voqelik bo'yicha fikr almashildi.
Debat yakunida "Amaliyotchi kundaligi" loyihasiga start berildi.
Markaz ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga ko'ra har bir yoʻnalish kesimida sayyor debat darslar oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.