Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 86 marta
Tegishli bo'limi: Axborot makoni
13-20 aprel kunlari Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova xalqaro konferentsiyada ishtirok etish va bir qator ilmiy markazlarda uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Ozarbayjonga ilmiy safar qildi.
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi shafeligida o‘tkazilgan «Buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy umummusulmon madaniyatining namoyondasi» va «O‘zbek va Ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan Surayyo Eshonqulova ma’ruzalari xalqaro darajadagi olimlar tomonidan e’tirof etildi.
Anjuman yakunida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi raisi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fan va ta’lim sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi qo‘shgan hissasi uchun ChDPU professori Surayyo Eshonqulovani akademiyaning maxsus diplomi bilan taqdirladi.
Ilmiy safar davomida Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi “Ozarbayjon tili va adabiyoti tadqiqi” va “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnallarining tahririyati rahbariyati taklifiga binoan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova tahririyatlar rahbarlari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘llarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Professor Surayyo Eshonqulova mazkur jurnallarning tahrir hay’at a’zoligiga taklif etildi.
Navbatdagi manzil Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti bo‘ldi. Surayyo Eshonqulova xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Mahira Husenova qabulida bo‘lib, universitetatlar o‘rtasidagi hamkorlik, kelgusidagi qilinadigan ishlar haqida suhbalashdi. Ozarbayjon Turkologiya markazi bilan tanishdi, markazda bo‘lib o‘tgan turkolog olim Elchin Ibrohimovning “Turk dunyosida umumiy alifbo va muloqot tili” monografiyasining taqdimotida istirok etdi.