Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 614 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Ayni kunlarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Ilxom Xaydarov boshchiligidagi ChDPU delegatsiyasi Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.
Tashrifning dastlabki kunida ChDPU vakillari Yuvyaskyulya universitetida o‘tkazilgan xalqaro trening va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Ushbu fin universiteti faoliyati misolida oliy ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari, kredit modul tizimi va mustaqil ta’lim, raqamlashtirish jarayonlari, o‘qitish metodikasi va interaktiv metodlarni qo‘llash kabi dolzarb mavzular o‘rganildi.