O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
“Til ta’limining uzviyligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar”
mavzusida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AXBOROT XATI
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958 “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekison Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 17 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni amaldagi ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Mazkur anjumanning maqsadi ta’lim jarayonida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali samarali va sifatli ta’limni amaliyotga joriy qilish, shuningdek, til ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning tasavvurlarini boyitishning ilmiy asoslarini yoritish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning usullarini muhokama etish, jahonda soha tarmoqlari bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlarni takomillashtirishning dolzarb masalalari, salmoqli ilmiy tadqiqot natijalarini muhokama etish, amalda joriy qilishni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish, tavsiyalar berish masalalari yuzasidan soha mutaxassislari bilan birgalikda o‘zaro fikr almashish hamda mavjud muammolarning yechimini muhokama etishdan iborat.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2021 yil 24 sentabr kuni “Til ta’limining uzviyligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi sho‘balar asosida faoliyat ko‘rsatadi:
1-sho‘ba: Tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolari.
2-sho‘ba: Adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar.
3-sho‘ba: Ta’limda pedagogik ta’lim innovatsion klasterini joriy etish usullari.
Konferensiya materiallari asosida to‘plam chop etilishi ko‘zda tutilgan.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
Maqola matni A4 formatda Microsoft Word dasturida “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, satrlar orasi 1,5 interval, sahifa chetlari pastdan, yuqoridan va o‘ng tomondan 2 sm dan, chap tomondan 3 sm qoldirilgan holatda elektron variantda topshiriladi.
Maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning mavzusi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorning o‘rtasida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: ismi, familiyasi ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, tashkilot (o‘quv yurti nomi), lavozimi, elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon/telegram raqami, adabiyotlar ro‘yxati maqolaning yakunida keltirilishi lozim.
Iqtibos yoki foydalanilgan adabiyotga havola matn ichida, ko‘chirmadan so‘ng iqtibos olingan asarning ro‘yxatdagi tartib raqami va sahifasini kvadrat qavs ichida ko‘rsatish orqali beriladi: [1.18]. Foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida “Adabiyotlar” so‘zidan keyin matnda havola berilish tartibiga ko‘ra beriladi.
Maqolalar 4 sahifadan ko‘p bo‘lmagan hajmda o‘zbek, rus tillarida qabul qilinadi.
Tashkiliy badal: har bir maqola uchun 125 000 (bir yuz yigirma besh ming) so‘m. (To‘lovlar uchun karta raqami: 9860 0101 3063 5765)
Maqolalar 2021 yilning 25 avgustiga qadar +99897 402-24-75 raqamli telegram manziliga yoki saidov@umail.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Maqolalarning mazmun-mundarijasi anjuman mavzusiga mos kelishi, ilmiy saviyasi maqolalarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi lozim. Maqola mazmunida keltirilgan dalillar uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi 104 uy, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, “O‘zbek tili va adayuiyoti” kafedrasi.