Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 79 marta
Tegishli bo'limi: Seminarlar
Chirchiq davlat pedagogika universitetining «Zakovat intellektual klubi» faollari tashabbusi bilan o‘tkazilgan intellektual o‘yin bilimdonlarni birlashtirdi.
«Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda ChDPU professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan tarkib topgan 15 ta jamoa qatnashdi.
– Intellektual o‘yinlarda ko‘p bora qatnashganman. Jamoani shakllantirish qiyin bo‘lmadi. O‘yin jarayonida savollarga aniq va topqirlik bilan javob qayratishga harakat qildik. Muhimi, ko‘zlangan maqsadga erishdik. Bunday o‘yinlar professor-o‘qituvchilar va xodimlarning dunyoqarashini kengaytirib, bilim salohiyatini charxlaydi, – deydi Pedagogika fakulteti dekani o‘rinbosari Dilafruz Ismoilova.
Bellashuvda “Senatorlar” jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Tilla baliq qotillari” va “Odobni beodobdan o'rgan” jamoalariga ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlar nasib etdi.