Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 177 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Bugun, 6-dekabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetining Turizm fakulteti kampusi hududida Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda yong‘inni bartaraf etish, uni oldini olish bo‘yicha navbatdagi tushuntirish - targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar Yong‘in xavfsizligi oyligi e’lon qilingan bo‘lib, universitetning Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi hamda mas’ullar tomonidan universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar o‘rtasida muntazam tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari universitet rektori topshirig‘iga binoan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar xonadonlari o‘rganilib yong‘in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.