Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 123 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Inklyuziya: maktabgacha ta’limdagi muammolar va yechimlar" mavzusida xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov forumga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining Xalqaro maktabgacha ta’lim pedagogikasi akademiyasi prorektori Irina Komarova rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqotda forum orqali bolalar inklyuziyasi sohasida o‘zbekistonlik va chet ellik mutaxassislar orasida muloqot va malaka almashinuviga yaxshi imkoniyat yaratib berilganligi aytib o‘tildi.
Ikki rahbar "Bolalik hududi" xalqaro loyihasini amalga oshirish masalasini muhokama qildi.
Tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.