Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 157 marta
Tegishli bo'limi: Seminarlar
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamkorligida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbar va pedagog kadrlar uchun “trenerlar uchun trening” tarzida o‘quv seminari tashkil etildi.
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Akademik direktori Seyed Mehrdad Yamani Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Prezident maktabi hamkorligidagi istiqbolli dasturlar manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Tajribali ekspertning fikricha, seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro toifadagi pedagog kadrlar tayyorlashda Kembrij Xalqaro ta’lim dasturining talablari va standartlari, xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini ta’lim va amaliyot jarayoniga tadbiq etishdir.
Seminarda iste'dodli talabalarni tanlash, ularga to'g'ri yo'nalish berish, qobiliyatini o'stirish, intellektual salohiyatini namoyon etishga ko'mak bera oladigan ta'lim tizimini yaratish orqali xalqaro toifadagi pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.