Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 136 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri Shaxlo Botirova, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri Gulnora Ernazarova va universitet psixologi Saodat Gayupovalar joriy yilning 15-16-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “Raqamli transformatsiya sharoitida inson farovonligi" kongressida ishtirok etdi.
Xalqaro kongressda qatnashgan MDH va Rossiya Federatsiyasining yetakchili oliy ta’lim muassasalari vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar “shaxs farovonligini saqlash va qo‘llab-quvvatlash” sohasidagi eng yaxshi tajribalarini almashishdi va sohaga doir turli innovatsion takliflar kiritishdi.
Universitetimiz vakillari o‘zlarining tadqiqotlari, ta’lim makonida maktablarning imkoniyatlari, ta’lim va zamonaviy yoshlar muammolari sohasidagi boy va malakali tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Universitet delegatsiyasi xalqaro kongressda ishtirok etgan Boris Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov bilan ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi. Ural Gumanitar instituti Elvira Simanyukka Chirchiq davlat pedogogika universitetining faxriy professori unvoni topshirildi.
Bu kabi muhim tadbirlarda ishtirok etish universitetimizning jahon ilmiy jamoasiga integratsiyasini ta’minlab, ta’lim va innovatsion tadqiqotlarga oid yangi g‘oyalar bilan tanishish imkoniyatini beradi.