Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 262 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Qozog‘istonning Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bir necha kundan buyon mamlakatitmizda mehmon bo‘lib turibdi. Bugun universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov O‘zbekistonda bo‘lib turgan Janubiy Qozog‘iston universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Muxtar Ermekbayev boshchiligidagi delegatsiyasini kutib oldi.
Muloqotda maktabgacha ta’lim muassasalariga mutaxassislar tayyorlash sifatiga ko‘maklashadigan xorijiy hamkorlik istiqbollari tahlil qilindi.
“Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarni o‘z fikrini ifodalash, muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham universitetda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarni – tafakkur ustalari deb ataymiz, dedi" – universitet rektori.
Uchrashuv davom etmoqda.