Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 214 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
“Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlargina g‘olib bo‘ladi...”
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi G‘ofurjon Muxamedov ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda rektor universitet yoshlari bilan uchrashib, ochiq suhbat olib bordi.
- Ayni vaqtda, Davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yurtimizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan etuk kadrlar suv bilan havodek zarur Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlargina g‘olib bo‘ladi, - deydi Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov. - Universitetimizning kelgusi salohiyatini belgilovchi qator dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Xalqaro darajada dars bera olish layoqatiga ega kadrlarni tayyorlash masalasiga bor e’tiborimizni qaratganmiz. Bu maqsad va g‘oyalar avvalom bor, universitet yoshlari va talabalarining maqsadi sifatida qarayman. Ustozlari bilan tizimli ishlayotgan yoshlarni qadrlayman va qo‘llab-quvvatlayman.
- 8 yillik tanafusdan keyin o‘qishga kirdim. Uchinchi kurs talabasiman. Oilaliman. Kurash bo‘yicha respublika musobaqalarida ishtirok etaman. Sportga qiziqaman. 2023-2024 oʻquv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldim, - deydi Maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi Lazzat Ilesova. - Uchrashuvdan katta ruhiy qo‘llab-quvvatlash oldim. Ustoz hayotiy tajriba misollarini keltirganda ko‘z oldimda o‘zimning rejalarimni tuzdim.
- Rektor va talabalar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bu tadbirni kutmagan edim, - deydi Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Saodat Anvarova . - Rektorning talabalar muammolari va kamchiliklarini eshitib, mas’ullarga kerakli topshiriq bergani hamda yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgani tahsinga sazovordir…
Shuningdek, ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.