Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 609 marta
Tegishli bo'limi: Yig'ilishlar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 2022-yil 15-iyuldagi 01-177-sonli buyrug‘iga asosan universitetni xalqaro reyting agentliklari (QS va THE, Green MetricWur)ning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatiga kiritish hamda Milliy retingdagi o‘rnini yanada yaxshilash bo‘yicha 2022-yil 7-9 noyabr kunlari fakultet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar uchun rektor boshchiligida seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminarlarida universitetning ilmiy ko‘rsatkichlari, akademik faolligi va ish beruvchilar bilan aloqalarni yaxshilash, universitet imidjini yanada oshirish, xorijiy professor-o’qituvchi va talabalarni jalb qilish, reyting bilan bog’liq bir qator masalalar muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilariga xalqaro reyting bo’yicha batafsil ma’lumot berildi.
O‘quv seminari yakunida prafessor o‘qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga seminar tashkilotchilari tomonidan javoblar olishdi.