Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 983 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
PEDAGOGLAR BILAN MULOQOT: YANGI TAKLIF VA TASHABBUSLAR…
Xabaringiz bor, yaqindagina davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Unda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish milliy dasturining loyihasi kо‘rib chiqildi va galdagi zarur va kechiktirib bо‘lmas vazifalar belgilab berildi.
Mana shu topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, viloyat bо‘ylab kо‘lamli va tizimli say-harakatlar jadal davom etmoqda.
Chirchiq davlat pedagogika institutining majlislar zalida mobil metodik guruh a’zolari, fan metodistlari hamda ta’lim sifati past bо‘lgan maktab direktorlari ishtirokida ta’lim yо‘nalishida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar tahlili, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga qaratilgan о‘quv-seminar bо‘lib о‘tdi.
Seminar ishida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, viloyat xalq ta’limi tizimi oldida turgan eng muhim vazifalar xususida о‘z fikr va taklifalari bilan о‘rtoqlashdi.
Seminar avvalida institut mas’ullari tomonidan pedagogik ta’lim innovatsion klasteri yuzasidan ma’lumotlar berildi.
|
Muloqotda hudulardagi 30 ga yaqin ta’lim sifati past deb baholangan maktablarga amaliy yordam kо‘rsatish, mazkur ishlarni tashkil etishda mobil guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tinglandi.
|
Uchrashuvda о‘quvchilar bilan ishlashda yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklar, malaka oshirish jarayonlariga zamonaviy bilimga ega kadrlarni jalb etish qamrovini kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.