Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 283 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining bir qator qarorlari asosida Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan fizika, kimyo, biologiya fanlari doirasida Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablari
birituvchi sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan olimpiadaning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bilimlar sinovida tanlovning maktab, tuman va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 47 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Sinovlar ikki bosqichda bo‘lib, dastlab ishtirokchilar test savollariga javob berishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda kimyo va biologiya fanlari doirasida laboratoriya ishlari amalga oshirildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan sinovlarda 9 nafar maktab bitiruvchilari uchta fan doirasida g‘olib bo‘ldilar.
Fizika fani bo‘yicha:
1-o‘rin - Abduraupov Alijon, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 22-soni umumta’lim maktabi o‘quvchisi (69 ball),
2-o‘rin - Muhammadjonov Ilhom, Chirchiq shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (64 ball),
3-o‘rin - Rustamova Dilnavo, Parkent tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (58 ball);
Kimyo fani bo‘yicha:
1-o‘rin - Fayzullayev Shoxjahon, Chirchiq shaharidagi 7-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (83 ball),
2-o‘rin - Pardaboyev Yahyobek, Bekobod tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (78 ball),
3-o‘rin - Shuhratov Islom, Yangiyo'l shahar 1-IDUM o‘quvchisi (68 ball);
Biologiya fani bo‘yicha:
1-o‘rin - Islomxonova Farizaxon, Piskent tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (81 ball),
2-o‘rin - Nurmuhammadova Mushtariy, Bekobod tumanidagi 38-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi (64 ball),
3-o‘rin - Komiljonov Ahror, Bo‘stonliq tumanidagi 20-maktabning o‘quvchisi (59 ball).
Ahamiyatlisi, g‘oliblar - 1,2,3-o‘rinni egallagan maktab bitiruvchilari, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabaligiga qabul qilindi. 4 yil davomida bakalavr bosqichida grant asosida o‘qish imoniyatiga ega bo‘ldilar.
G‘oliblarga Chirchiq davlat pedagogika universitet rektori, professor G‘ofurjon Muhamedov talabalikka qabul qilinganlik sertifikatini topshirdi va universitetning 2023\2024-o'quv yili ilk talabalariga kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.