Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 182 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev va Dilbar Usmonova, huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “Konstitutsiyam – qadr-qimmatim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov tomonidan soʻnggi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va roli, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari xususida soʻz yuritildi.
Keyingi navbatda so‘zga chiqqan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida qisqacha va foydali ma’lumotlar berib o‘tdi.
Konstitutsiya bilimdonlari va iqtidorli talabalarga deputatlar tomonidan sovg‘alar topshirildi.