Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 255 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Boshlangich ta’lim nazariyasi kafedasi tashabbusi bilan atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy bellashuv o‘tkazildi. Tadbirda Boshlang‘ich ta’lim fakultetining 1-bosqich kechki bo‘lim talabalari ishtirok etishdi.
Bellashuvda kechki bo‘lim qizlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqidagi o‘z bilimlarini, ifodali o‘qish mahoratlarini namoyish qildilar. Mahorat shartida Zulfiyaxonim izdoshlari har sohada ilg‘or ekanligi yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Murosasiz kechgan bellashuvda "Binafsha" guruhi talabalari 1-o‘rinni, "Billur" guruhi va "Nastarin" guruhi talabalari 2-o‘rinni, "Orzu" guruhi va "Zafarjon" guruhi talabalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblar universitet rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.