Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 107 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov xalqaro pedagog kadrlar tayyorlash dasturi doirasida ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari bilan uchrashdi.
Muloqotda Chirchiq davlat pedagogika universiteti va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi kutilayotgan yirik loyihalar, jumladan, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasida integratsiyani, turli yo‘nalishlardagi almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
“Kembrij Xalqaro ta’lim dasturi” standartlarini o‘quv jarayoniga joriy etish orqali xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlashda ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda metodologik ma’ruzalar tashkil etishga kelishib olindi.
Shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-fevral kuni o'tkazilgan 2024-yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Parkent, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari va Yangi yo‘l shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati rahbarlari ishtirokida O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.