Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1267 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Institut akademik litseyi hamda O’zbekiston iste’molchilarini huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiyasi hamkorlikda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ularni qo’llab quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida “Institut olimpiadasi” o’tkazildi.
Chirchiq shahridagi 23 ta umumtalim maktablari o’quvchilari 6 ta: ona tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari bo’yicha olimpiadada ishtirok etishdi.
Shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablaridan 1000 nafarga yaqin 7-8-9 sinf o’quvchilari qatnashdi.
Olimpiada natijalariga koʼra 6 ta fandan 1-oʼrinni 24 nafar, 2-oʼrinni 44 nafar, 3-oʼrinni 42 nafar oʼquvchilar egalladilar.
G'olib oʼquvchilar O’zbekiston iste’molchilarini huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan diplom, estalik sovg'a va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.
Institut axborot xizmati