Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 202 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
ChDPU Axborot xizmati mas’uli Munira Baltayeva xabar berishiga ko‘ra, Pendidikan universiteti (Indoneziya)da Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar, universitet Strategiyada belgilangan yo‘nalishlar va uni amalga oshirishdagi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Munira Baltayeva ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Pendidikan universiteti (Indoneziya) rektori, professor Dr. M. Solehuddin, departament rahbarlari, yetakchi olimlar, ilmiy markaz vakillari ishtirok etdi.
CHDPU universiteti professorlari Jabbor O‘sarov va Do‘stnazar Himmataliyev CHDPU fan va ta’lim yo‘nalishidagi joriy loyihalar va bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli rejalar haqida taqdimot qildi.
Uchrashuv davomida inson kapitalini mustahkamlash, ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy-texnik jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yuqoridagi loyihalar, shuningdek, boshqa ta’lim va almashinuv dasturlarini amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.