Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 174 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Talabalarning o‘z yo‘nalishlarida tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi universitetni rivojlantirishning strategik vazifalari qatorida belgilangan.
Universitet rektori G‘ofurjon Muhamedov individual ta’lim texnologiyasi, individual yondashuv va shu orqali ta’lim jarayonini tashkil etilishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Pedagogika fakulteti kafedralariga tashrif buyurdi.
Shuningdek, kafedra yetakchi o‘qituvchilari bilan talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishda samarali natijalar beruvchi omillar va tizimli faoliyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Universitet rahbari kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar bilan suhbatda kafedralarning ilmiy yo‘nalishlari va ularda talabalarning ishtiroki borasidagi mulohazalarini tingladi.
"Talabaning ilmiy-tadqiqot uchun ulkan potensiali bo‘lsa-da, har doim ham ta’lim jarayonida namoyon bo‘lavermaydi. Professor-o‘qituvchilarning vazifasi esa ana shu potensialni yuzaga chiqarish" - dedi universitet rektori.