Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 171 marta
Tegishli bo'limi: Yig'ilishlar
Davlatimiz rahbari raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 6-fevral kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov olib bordi. Unda kengash a’zolari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tarkibiy tuzilma rahbarlari ishtirok etdi.
Universitet rektori quyidagilarga e’tibor qaratdi:
- ta’lim bo‘g‘inlarining o‘zaro integratsiyasi va ta’sirchan mexanizmini yanada jonlantirish;
- ta’lim sifatini keskin yaxshilash;
- talabalarning mustaqil ishlashi uchun namunali muhit yaratishda yoshlarning tavsiyalarini o‘rganish;
- ma’naviy muhit va tarbiya masalalariga jiddiy yondashish;
- kafedralarda yoshlarni fikrlash, mustaqil ishlash, izlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda individual ta’lim dastaklaridan tizimli foydalanish;
- dual ta’lim – talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish imkonini berish;
- ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani.
"Universitetni talabalar mustaqil hayotga tayyor inson bo‘lib bitirishi professor-o‘qituvchilarimizning faoliyatiga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, universitetning har bir rahbar va xodimi, o‘qituvchisi o‘z vazifasiga bugungi kun talabidan kelib chiqib yondashsagina ko‘zlangan natijaga erishiladi", dedi rektor G‘ofurjon Muxamedov.
Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Doniyor Ahmadjonov professor-o‘qituvchilar o‘z vazifalarini bajarishga yetarli e’tibor qaratmayotgani misollarda keltirib o‘tdi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan kafedra mudirlari va mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.