Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 311 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
"Innoveek.Uz-2023" innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalar uchun «Ideaton-Uzbekiston 2023» ideaton tashkil etildi.
Ideaton - g‘oyalar raqobatini nazarda tutadi, ishtirokchilar berilgan mavzu bo‘yicha ma’lum loyiha g‘oyasini ishlab chiqishadi, so‘ngra ularni hakamlar hay’atiga taqdim etib, fikr-mulohazalarga ega bo‘lishadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar pedagogik-psixologik ta’lim usuli hamda individual ta’lim texnologiyalari yechimlari bilan tanishadilar.
«Ta’lim sohasi uchun yoshlar kerak, ammo ular endigina o‘qishni bitirib, ishni boshlashganda teoretik bilimga ega bo‘ladilar xolos. Mutaxassis darajasiga erishish uchun esa yana bir-ikki yil sarflash kerak. Bizning maqsadimiz esa yoshlarni talabalik davridanoq bilimlarni amaliyotga tatbiq etish usullarini o‘rgatish. Mavjud imkoniyatlardan foydalanib, g‘oyalarni shakllantirish va ta’lim-tarbiyaga joriy etishni o‘rgatishdir», – deydi Yoshlar akademiyasi lideri Ozoda Abdullayeva.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar tanlab olinib, hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlandilar.