Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 1186 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Finlandiyaning Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kursi ikki hafta davomida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Yurtimizdagi 10 ta oliy ta'lim muassasasining 25 nafar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari qatorida universitetimiz prorektori Ilxom Xaydarov, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi professori Umid Xo‘jamqulov, Matematika kafedrasi mudiri Dilfuza Mahmudova hamda Biologiya kafedrasi mudiri Vohid Fayzievlar ikki hafta davomida Finlandiya ta'lim tizimini keng o‘rgandilar.
Kurs davomida Finlandiyaning ta'lim ekspertlari ko‘magida maktabgacha ta'lim, maktab, yuqori sinf va oliy ta'lim tizimlari hamda xalqaro baholash tizimi bilan tanishildi.
Finlandiya bo‘ylab bolalar va yoshlarning o‘qishi uchun professional yordam beruvchi Valteri ta'lim va konsalting markazi tajribalari asosida inklyuziv ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, ChDPU vakillari Kareliya amaliy fanlar universitetida seminar-treninglarda qatnashdilar. Finlandiya oliy ta'lim sohasidagi yurtimiz ta'lim tizimini isloh qilishda qo‘l keladigan ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga e'tibor qaratildi.
Karelia AF universiteti (rektori Petri Raivo) bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanib, o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Universitetimiz vakillari O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga ham tashrif buyurib, elchi bilan uchrashdilar.
Finlandiyada malaka oshirish kursi qizg‘in bahs-munozaralar, muhokamalarga boy o‘tdi. Yangi xorijiy bilim va ko‘nikmalar egallandi. Kurs yakunida universitetimiz vakillari sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu malaka oshirish kursini yuqori saviyada o'tishida Finlyandiyaning DidacTeach, EduEffekt kompaniyalari, Oʻzbekistonni Finlandiya konsulligining yordami katta bo'ldi.