Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 131 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida Maktabgacha ta'lim mutaxassislarining xalqaro forumi bo'lib o'tdi.
Forumning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi vakillari, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbariyati, Rossiya Federatsiyasining Maktabgacha ta'lim xalqaro pedagogika akademiyasi mas’ullari, yurtimiz va xorij davlati olimlari ishtirok etdi.
Inklyuziv ta’limning maktabgacha ta'lim tizimidagi muammolar va yechimlari kun tartibidan asosiy o'rin egalladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar maktabgacha ta'limni rivojlantirishdagi so'nggi o'zgarishlar va global tendentsiyalar, maktabgacha ta'limning xususiyatlari va istiqbollari, pedagogika va psixologiya sohasidagi so'nggi tadqiqotlar masalalarini muhokama qildilar. Xorijlik hamkasblarning muvaffaqiyatli tajribalari bilan tanishish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.
Tadbirda, shuningdek, maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar, jamoat tuzilmalari vakillari, maktabgacha ta’lim rahbarlari, turli mamlakatlarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha mutaxassislari, talabalar ham qatnashdi.
Ishtirokchilarning e'tiborlari butun dunyoda jadal rivojlanayotgan inklyuziv ta’limga qaratildi. Ta'kidlanishicha, bu sohada o'qituvchi kasbining obro'sini oshirish, o'qituvchilarni shaxsiy va kasbiy o'sishga undash, nafaqat sog'lom bolalar bilan, balki nogiron bolalar bilan ishlash uchun yangi maqsadlar va amaliy bilimlar,inklyuziv ta'limda o‘qituvchilarning vazifasi va javobgarligini anglashiga bog'liq bo'ladi.
Forum maktabgacha inklyuziv ta'limni o'zgartirish jarayonida yosh bolalar uchun art-terapiyaning roli va kulturologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash sohasidagi xorijiy va milliy-tarixiy tajribani tahlil qilish yo‘nalishlarida ma’ruzalar tinglandi.
"Inklyuziya: maktabgacha ta'limdagi muammolar va yechimlar" forumi oflayn va onlayn shaklda o‘tkazilib, 100 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.
Forum doirasida "Zamonaviy maktabgacha ta'lim" ko'rgazmasi tashkil etilib, unda ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini namoyish etdilar. Shuningdek, xorijlik olimlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Forum yakunida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati va xorijlik olimlarning uchrashuvlari bo'lib o'tdi hamda Rossiya Federatsiyasining Xalqaro maktabgacha ta’lim pedagogikasi akademiyasi va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.