Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 261 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Ahmadjonov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Ahmadjonov 1991-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan.
U 2017-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining bakalavriat bosqichi, 2019-yilda shu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Tayinlovga qadar Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.