Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 544 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro va milliy sertifikatlarni ega bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan Texas universiteti professori Dr.Edward ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi.
Munozarali treningda individual yondashuv tizimini joriy qilish orqali ingliz tilining to‘rt aspekti: o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, ingilz tilini o‘rganish bo‘yicha kommunikatsiyaon texnologiyalardan foydalanish afzalliklari haqida fikr almashildi. Texas universiteti professori Dr. Edward ChDPU talabalarining inglizcha fikrlash va qarashlarini e’tirof etdi.
Maktab ta’limini rivojlantirishda innovatsion usullardan va kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Zamonaviy axborot vositalarining aksariyati ingliz tilida ekanligi ham hech kimga sir emas, - dedi kafedra mudiri Muxabbat Yusupova. - Ayni kunlarda ChDPU yoshlari o‘rtasida chet tillarini o‘rganish va pedagogik faoliyatida unumli qo‘lllashga intilish sezilarli darajada kuchaydi.
Trening yakunida Xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan talabalar Sevinch Jangirova va Jahongir Mashrabjanov o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.