Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 111 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish, qo‘shma ta’lim dasturlar asosida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari istiqbolini muhokama etish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Bugun, 26-fevral kuni ChDPU delegatsiyasi QS World University of Ranking by Subject ning Top-300 talikdan o‘rin olgan Pendidikan universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. ChDPU professori Jabbor Usarov Pendidikan universiteti rasmiylari uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetida xalqaro darajada pedagog kadrlar tayyorlashda Pendidikan universiteti ishtirok etish istiqbollarini muhokama qilindi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvda hamkorlikda seminar, vebinar va ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi, pedagog xodimlarning stajirovka o‘tashi, malakasini oshirishi, magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul qilinishi, talabalar almashinuvini rivojlantirish kabi masalalar nazarda tutilgan.
P.S.: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2909-sonli qarorida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleksni rivojlantirishda har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish eng muhim vazifalar sifatida qayd etilgan.