Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 596 marta
Tegishli bo'limi: Davra suhbatlari
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati Muxtor Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetining Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti bilan hamkorligi istiqbollari xususida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida pedagogik ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarning jozibadorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda hamkorlikda startap loyihalarini amalga oshirish, qozog‘istonlik ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni ChDPUda turli seminar-trening va mahorat darslarini tashkil etish uchun jalb etishga kelishib olindi.
M. Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov ChDPU talabalarining sifatli oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Chuningdek, qisqa muddat ichida erishilgan yutuqlarini e’tirof etib, akademik mobillikni yanada rivojlantirish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Chirchiq davlat pedagogika universitetida faoliyat olib borayotgan Qozoq madaniyat markazini, universitet ta’lim pavilonlari, laboratoriyalar va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Universitetda talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.