Chop etdi: | Ko'rildi: 1508 marta
Tegishli bo'limi: O'quv amaliy tadbirlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti hamda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi bilan hamkorlikda Chirchiq shahar “Mashinosozlar” istirohat bog‘ida “OChIQ OSMON OSTIDAGI MAKTAB” Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taklif etildi.
Tadbirning bosh maqsadi “Ochiq osmon ostidagi maktab” mashg‘ulotlari orqali maktabgacha va maktab yoshidagi sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarda o‘qish motivatsiyasini kuchaytirish, o‘ziga va kelajagiga ishonch hissini tarkib toptirish, keng jamoatchilikning yosh avlod tarbiyasidagi rolini kuchaytirishdan iborat...
Tadbir “Biz Vatanimiz tayanchi, yurtboshimiz ishonchi!” shiori ostida “Maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv va ixtisoslashtirilgan maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusida olib borildi.
Mahallabay tizimi asosida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar zamonaviy ta’lim muhitidagi ochiq havo va maydonda tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar jarayonida matematik, nutqiy, jismoniy, ijodiy, mantiqiy topshiriqlarni bajarish orqali o‘z imkoniyatlarini tahlil qilishga erishadilar, Ona-Vatanga muhabbati, oilasi va mahallasi oldidagi mas’uliyatini his etadilar, yurtning kelajagi ularning qo‘lida ekanligini anglaydilar.