+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: f.f.n. Xolikova Nodira Djoxongirovna
f.f.n. Xolikova Nodira Djoxongirovna

f.f.n. Xolikova Nodira Djoxongirovna

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

“O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti kengashining 2018-yil 27-avgustda qabul qilingan 1-sonli qaroriga muvofiq “Tarix va tillar” fakulteti “Tillar” kafedrasi tarkibidan alohida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi boʻlib ajralib chiqdi va faoliyat koʻrsata boshladi.

2021-yilda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tarkibidan “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi ajralib chiqdi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.

“O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti “Gumanitar fanlar” fakulteti tarkibiga kiradi. 

 

 

“O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi tarkibida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud.

 

Bakalavr:

60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti

60111500 – Ona tili va adabiyot: (tojik tili va adabiyoti)

 

Magistratura:

70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti

 

O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

 

Fanning nomi


Fan haqida qisqacha ma’lumot

11.

Noshirlik asoslari

Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga noshirlik ishining tarixi, xususan, kitob tarixi, bosma ishlar tarixi, gazetalar va jurnallarni nashr qilish tarixi, noshirlik ishiga oid davlat hujjatlari, noshirlik ishining texnologik sxemasi, noshirlik mahsulotlarining turi va tiplari, qo'lyozma va orginalni rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar, noshirlik mahsuloti o'lchash birliklari, poligrafik ishlar uchun materiallar, noshirlik mahsulotida chiqish ma'lumotlari, kitoblarni, raqamlashning xalqaro standartlari, seriyali mahsulotlarni raqamlashning xalqaro standartlari, mualliflik huquqi, noshirlik ishida faktching noshirlik ishida marketing va menejment, noshirlik ishining ijtimoiy va texnologik muammolarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

2.

O‘zbek folklori

Talabalarga o‘zbek folklori fani yuzasidan ma’lumot berish, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tarixan shakllangan ijodiy maktablari va ularning yetakchi vakillari hamda namunalari, ajdodlarimiz badiiy tafakkurning bebaho durdonalari, folklorning janr xususiyatlari, shuningdek, bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazishdan iborat.

3.

Hozirgi adabiy jarayon

Talabalarini tahlil usullari, jahon adabiy jarayon metodlariga xos muhim kriteriylar va badiiy asarni tahlil etish, matn poetikasi muammolarini o‘rgatishdan iboratdir

4.

O‘zbek bolalar adabiyoti

Kutubxonachilik va bibliografiya ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga о‘zbek bolalar adabiyotining jahon adabiyotida tutgan о‘rni, bolalar folklori va bolalar kitobxonligi bilan chambarchas bog‘liqligi, tarbiyaviy mohiyati, didaktik xususiyatlari, bolalarga bag‘ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga kо‘ra tasniflanishi, badiiy uslubiy izlanishlar, taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-barangligi hamda boshqa fanlar bilan aloqasi yuzasidan tushuncha berishdan iborat. Bolalar adabiyoti sо‘z san’atining tarbiyaviy ahamiyatga ega maxsus turi haqidagi fan bо‘lib, uning umumadabiy qonuniyatilarga bо‘ysunishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ijtimoiy mohiyati, yetakchi tamoyillari, ilmiy-nazariy qimmati haqida DTS talablari darajasida bilim berish rejalashtirilgan.

5.

Jahon adabiyoti

Jahon adabiyoti tarixining muhim poetik-estetik qirralarini mujassam qilgan adabiy asarlarni o‘rganish orqali badiiy-falsafiy qarashlardagi nazariy-badiiy evolyusiyani ko‘rsatib berish hamda badiiy adabiyot tarixi va va adabiy-nazariy tafakkur tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, talabalarning adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi hamda nazariy jihatdan tahlil qilish va talqin ko‘nikmalarini hosil qilish, faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.

6.

Matnshunoslik

Matnshunoslik fanida tilshunoslikdagi matn tushunchasining farqi, arab yozuvi tarixi, matnshunoslikning dolzarb muammolari, tabdil, transkripsiya, transliteratsiya, mumtoz matnlarni tushunishda lug‘at ilmining o‘rni, XX asr boshi isloh qilingan alifboni o‘qib tushunish, nazmni nasriy bayon qilish, mumtoz matnni muxtasar va to‘la sharhlash, adabiy manbani tasniflash, eski o‘zbek yozuvi, qo‘lyozma kitobda unvonning ahamiyati, mumtoz matnda ilmiy ko‘rsatkich imkoniyati, qo‘lyozma turlari o‘rganiladi.

7.

O‘qituvchi nutq madaniyatii

Mazkur fan tаlаbаlаrning mаdаniy nutq bo‘yicha ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish, o‘qituvchi fаоliyatidа mulоqоt mаdаniyati, o‘qituvchi vа o‘quvchi o‘rtаsidаgi mulоqоt, mаdаniy nutq, ungа qo‘yilаdigаn tаlаblаr; nоtiqlik sаn’аti hаqidа mа’lumоt bеrish, nutqning аsоsiy sifаtlаri (to‘g‘riligi, аniqligi, mаntiqiyligi, tоzаligi, ifodaliligi, mаqsаdgа muvоfiqligi) hаqidа bilim bеrish; оlingаn nаzаriy bilimlаr аsоsidа аdаbiy nutq mаlаkаlаrini shаkllаntirishni maqsad qilgan.

8.

O‘zbek adabiyoti tarixi

Mazkur fanning maqsadi:

- o‘zbek adabiyoti tarixi namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish;

- noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish;

- talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil va talqin qilish ko‘nikmasini shakllantirish;

- mavjud matnlarni poetik jihatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish;

- egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tatbiq etish.

9.

Adabiy tahrir

Adabiy tahrir bilan bog‘liq jarayonlarning ilmiy asoslari, xususan, matn tahririning ahamiyati, matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis faoliyati, matnning tahlili, nashr jarayonida muharrirning muallif bilan hamkorligi, matn bayonining usullari, tahrirning mantiqiy qonunlari, asarning tuzilishi, sarlavhalari, kitob apparati, shuningdek, adabiy asar turlari, uslub hamda adabiy tahrir va boshqalar haqida so‘z boradi.

10.

“O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” fani

Mazkur fanning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga badiiy adabiyotni o‘qib– o‘rganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

11.

“Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” fani

Mazkur fanning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga yozma nutqni rivojlantirishning asosiy vositalaridan bo‘lgan yozma ishlarning mazmuni va xususiyatlari, turlari, ularni tashkil etish metodlari, yozma ishlarning o‘zbek tili ta’limidagi o‘rni, DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar haqida atroflicha bilim berish, ularda fanga oid ko‘nikma va malalakalarni shakllantirishdan iborat.

12.

Adabiyotshunoslik asoslari

Adabiyotning shakllanishi va rivojlanishi va adabiyotning fan sifatida yuzaga kelishi haqida ma'lumot beradi. Adabiyotshunoslikning bilvosita tarmoqlari: matnshunoslik, tarixshunoslik, bibliografiya. Ularning ham o‘ziga xos ilmiy ahamiyati, mazmuni va maqsadi bor.

"Adabiyotshunoslik asoslari" - bu badiiy adabiyotning mohiyati, uning ijtimoiy sirlari, rivojlanish qonuniyatlari va adabiy asarlarni tahlil qilish tamoyillarini tushuntirib beradigan fan.

13.

Tahrir nazariyasi va texnikasi

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamon talablariga mos ravishda davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish hujjatlari bo‘yicha bilimlar bilan qurollantirish.

Fanni o‘qitishning vazifasi – talabalarga davlat tilida ish yuritishga oid bilim berish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishga o‘rgatish va pirovardida ularni hujjatlarni to‘g‘ri yozish, yozilish qolipini bilish va ulardan foydalana olishi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, matn mazmuni va qurilishini to‘g‘ri shakllantirishga o‘rgatishdir.

14.

Til va adabiyot ta’limida integrativ yondashuv

Fanini o‘qitishdan maqsad va vazifasi til va adabiyotni o‘qitish fanlarining shakllanish tarixi, asosiy muammolari, tasniflari va tadqiqotlari haqida bilim berishdir. Kurs qamrab olgan masalalar doirasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: til va adabiyotning o‘zaro bog‘liq qirralari, bu borada ishlatiladigan vositalar va ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirishlari kerak.

15.

Hozirgi tojik adabiy tili

"Hozirgi tojik adabiy tili" fani juda murakkab fan sifatida qaraladi. Ushbu fanga tojik tili amaliyoti, fonetika, lug‘at, morfologiya, sintaksis kiradi. Hozirgi tojik tilining asosiy vazifalari va vazifalari - bu tilning tovushlari usullari va turlarini, ovozli va jarangsiz tovushlarning turlarini o‘rganishdir.Tilshunoslikdagi maxsus metod metod sirlarini ochib beradi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasini aniqlaydi, fonetik, leksik, morfologik va sintaksisning turli sohalarini o‘rganish usullarini tanlaydi va kerakli shaklga keltiradi.

16.

Jomiyshunoslik

Mazkur fanning maqsadi Jomiy asarlari namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish, talabalarda badiiy Jomiy asarlari mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil va talqin qilish ko‘nikmasini shakllantirish, poetik jihatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish, egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

17.

Tojik dialektologiyasi

Tojik dialektologiyasi kelajakdagi tojik tili va adabiyoti o‘qituvchilariga tojik tilining nazariy va ijtimoiy shevalarining milliy adabiy til bilan aloqasi to‘g‘risida ma'lumot beradi.

18.

Tojik folklori

Tojik folklori bakalavr darajasida har tomonlama ta'lim beradigan, folklor merosi janrlarini to‘liq qamrab oladigan fan. Tojik xalqining og‘zaki adabiyoti fanining shakllanishi asosida folklorning janr xususiyatlari, tematik, g‘oyaviy, badiiy jihatlari folklorshunoslik bo‘yicha har tomonlama nazariy va amaliy tahlillarda izohlanadi.

18.

Tojik tili tarixi (tojik tili va adabiyoti yo‘nalishi)

"Tojik tili tarixi" fanining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda dunyo xalqlari qatori turkiy xalqlarning ham rivojlanish va shakllanish tarixi o‘zining lingvistik tavsiflovchi grammatikasi va aloqasidan farq qiladi. Tojik tilining grammatik tuzilishining tarixiy rivojlanishini o‘rganish manbalari: dialektal faktlar, zamonaviy tilda saqlanib qolgan qadimgi til izlari, qadimgi yodgorliklar, ayniqsa qipchoq tilining variantlari va u haqida o‘rta asr tadqiqotlari, turdosh tillar, ayniqsa Taraqqiyotning tarixiy bosqichlarini, uslubiy tarmoqlarini qipchoq tilida tushuntiradi.

19.

Tojik adabiyoti tarixi

Mazkur fanning maqsadi tojik adabiyoti tarixi namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish, noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish; talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil va talqin qilish ko‘nikmasini shakllantirish, mavjud matnlarni poetik jihatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish, egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

20.

Tojik bolalar adabiyoti (tojik tili va adabiyoti yo‘nalishi)

Mazkur fanning maqsadi kutubxonachilik va bibliografiya ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga tojik bolalar adabiyotining jahon adabiyotida tutgan о‘rni, bolalar folklori va bolalar kitobxonligi bilan chambarchas bog‘liqligi, tarbiyaviy mohiyati, didaktik xususiyatlari, bolalarga bag‘ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga kо‘ra tasniflanishi, badiiy uslubiy izlanishlar, taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-barangligi hamda boshqa fanlar bilan aloqasi yuzasidan tushuncha berishdan iborat. Bolalar adabiyoti sо‘z san’atining tarbiyaviy ahamiyatga ega maxsus turi haqidagi fan bо‘lib, uning umumadabiy qonuniyatilarga bо‘ysunishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ijtimoiy mohiyati, yetakchi tamoyillari, ilmiy-nazariy qimmati haqida DTS talablari darajasida bilim berish rejalashtirilgan.

21.

Tojik tilini o‘qitish metodikasi (tojik tili va adabiyoti

yo‘nalishi)

Mazkur fanning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga tojik tilini o‘qib – o‘rganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

22.

Tojik adabiyotiini o‘qitish metodikasi (tojik tili va adabiyoti yo‘nalishi)

Mazkur fanning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga badiiy adabiyotni o‘qib – o‘rganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

23.

Forsiy xalqlar adabiyoti

Mazkur fanning maqsadi forsiy xalqlar adabiyoti tarixi namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish, noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish, talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil va talqin qilish ko‘nikmasini shakllantirish, mavjud matnlarni poetik jihatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish, egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

24.

Tojik tili terminologiyasi

"Tojik tili terminologiyasi " fani juda murakkab fan sifatida qaraladi. Ushbu fanga tojik tili amaliyoti, terminologiyasi kiradi. Tojik tili terminologiyasining asosiy vazifalarini o‘rganishdir.Tilshunoslikdagi maxsus metod sirlarini ochib beradi, terminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasini aniqlaydi, fonetik, leksik, morfologik va sintaksisning turli sohalarini o‘rganish usullarini tanlaydi va kerakli shaklga keltiradi.

25.

Tojik tili onomastikasi

"Tojik tili onomastikasi" faniga tojik tili amaliyoti, lug‘at, termin kiradi. Tojik tili onomastikasidagi maxsus metod sirlarini ochib beradi, onomastikaning boshqa fanlar bilan aloqasini aniqlaydi.

26.

Tojik tili stilistikasi

Tojik tili stilistikasining shakllanishi va rivojlanishi va fan sifatida yuzaga kelishi haqida ma'lumot beradi. Tojik tili stilistikasining bilvosita tarmoqlari: fonetika, lug‘at, morfologiya, sintaksis. Ularning ham o‘ziga xos ilmiy ahamiyati, mazmuni va maqsadi bor.

"Tojik tili stilistikasi" - bu tilning stilistikasi, uning ijtimoiy sirlari, rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillarini tushuntirib beradigan fan.

27.

Umumiy tilshunoslik

Umumiy tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi va tilshunoslikning fan sifatida yuzaga kelishi haqida ma'lumot beradi. Umumiy tilshunoslikning bilvosita tarmoqlari: fonetika, lug‘at, morfologiya, sintaksis. Ularning ham o‘ziga xos ilmiy ahamiyati, mazmuni va maqsadi bor.

"Umumiy tilshunoslik" - bu tilning mohiyati, uning ijtimoiy sirlari, rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillarini tushuntirib beradigan fan.


Magistratura

28.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

"Ilmiy tadqiqot metodologyasi" fanini o‘qitishning maqsadi magistrantlarni zamonaviy til va adabiyot sohasidagi tadqiqot usullari bilan jihozlashdir.Fanning maqsadi magistrantlarga o‘qitish va o‘qitishning zamonaviy tendentsiyalari va ularning til va adabiyot sohasidagi tadqiqotlari va uslubiy mavqei to‘g‘risida ma'lumot berishdir.

29.

Adabiyot nazariyasini o‘qitish metodikasi

“Adabiyot nazariyasini o‘qitish metodikasi” fanining maqsadi magistrantlarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarida faoliyat olib borishi uchun o‘qitishning kommunikativ-nutqiy muloqot asosida ularda fan bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarini muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shaklantirishga qaratiladi.


Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar jamoasi to‘plangan.

Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi professor-o‘qituvchilar:

 

• Xoliqova Nodira Djaxangirovna – kafedra mudiri, f.f.n., dots. v.b.

• Jabborov Nurboy Abdulhakimovich – f.f.d., professor

• Irisboyev Turob To‘ychiyevich – f.f.n.

• Sobitova Todjixon – f.f.n., dotsent

• Tadjiboyev Musajon Sabirovich – f.f.n., dotsent

• Kabirov Malik Tilabovich – f.f.n. dotsent

• Davlatova Adiba Rahmatovna – f.f.n., dotsent

• Shermatova Umida Sapayevna – o‘qituvchi

• Umirova Dilafruz Abdurasulovna – o‘qituvchi

• Norbekov Raxmatilla Eshpo‘latovich – o‘qituvchi

• Rasulova Rayxon Baxritdinovna – o‘qituvchi

• Quchqorov Hoshimjon Hasanzoda – o‘qituvchi

• Xasanova Laylo Firdavsiyevna – o‘qituvchi

• Matkarimova Sayyora Shavkatbek qizi

• Raxmanova Nafisa Ozodbekovna – o‘qituvchi

• Hikmatov Hikmat Sultonovich – o‘qituvchi

• Bozorov Nizomiddin Ne’matovich – o‘qituvchi

• Achilova Emina Sa’dulloyevna – o‘qituvchi

• Usmonova Ziyoda – o‘qituvchi


Kafedrada maktab laboratoriya ishlari 2 yo‘nalishda amalga oshirilmoqda.

  • “Innovator o‘qituvchi” deb nomlanib, bu Chirchiq shahridagi 15-umumta’lim maktabida tashkil etilgan.
  • “Tashabbuskor talabalar” loyiha guruhi shakllantirildi va chirchiq shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritadi.
  • “Tashabbuskor talabalar” loyihasi mas’ullari Professor-o‘qituvchilar:
  • O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Shermatova Umida Sapayevna
  •  
  • “Tashabbuskor talabalar” loyiha guruhi a’zolari
  • 1. Irisbayeva Maftuna
  • 2. Qurbonova Mehrangiz
  • 3. Ibrohimova Adiba
  • 4. Yo‘lchiyeva Maftuna
  • 5. Toshpo‘latova Muxlisa
  • 6. Eshonqulov Javohir
  • 7. Mirvaliyeva Malohat
  • 8. Otayeva Oyto‘la
  • 9. Ahmadqulov Sarvar
  • 10. Abdugapparova Malika

8-umumta’lim maktabida “Tashabbuskor talabalar” loyihasi doirasida 7-sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan bilim darajasini aniqlash yuzasidan 2-chorak boshida va yakunida o‘tkazilgan nazorat natijalari tahlili





  • 8-umumta’lim maktabida “Tashabbuskor talabalar” loyihasi doirasida7-sinf o‘quvchilarining adabiyot fanidan bilim darajasini aniqlash yuzasidan 2-chorak boshida va yakunida o‘tkazilgan nazorat natijalari tahlili




  • Intellektual mulk agentligining “maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchasi loyihasi guvohnomasiga ega bo‘lindi



Kafedrada 2 ta ta’lim yo‘nalishi: o‘zbek adabiyoti, tojik tili va adabiyoti yo‘nalishlarida dars-mashg‘ulotlari olib boriladi.


Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan doimiy hamkorlik olib boradi.


Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati

 

Bakalavr 

Yo‘nalish kodi

Ta'lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta'lim tili

60111400

O‘zbek tili va adabiyoti, bakalavr

4 yil, o‘zbek tili

60111500

  • Ona tili va adabiyot:
  • tojik tili va adabiyoti, bakalavr

4 yil, tojik tili

 

Bakalavr, ikkinchi oliy ta’lim

Yo‘nalish kodi

Ta’lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta’lim tili

60111400

O‘zbek tili va adabiyoti, bakalavr

3 yil, o‘zbek tili

 

Bakalavr, sirtqi ta’lim

Yo‘nalish kodi

Ta’lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta’lim tili

60111400

O‘zbek tili va adabiyoti, bakalavr

5 yil, o‘zbek tili

 

Magistratura

Yo‘nalish kodi

Ta’lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta’lim tili

  • 70111401

O‘zbek tili va adabiyoti, magistr

2 yil, o‘zbek tili

 

 

  • Tadqiqotchilar

T.r.

F.I.Sh.

Ilmiy darajasi va unvoni

Ixtisosligi shifri va nomi

Dissertatsiya mavzusi

1

Davlatova Adiba Rahmatovna

f.f.n., dotsent

10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

Abdulla Oripovning biografik asarlari

2

Xolikova Nodira Djoxongirovna

f.f.n.

10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

O‘zbek jadid adabiyotida xotin-qizlar obrazining poetik takomili

3

Tadjibayev Musajan Sabirovich

f.f.n., dotsent

10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

Poetik germenevtika va badiiy til

4

Shermatova Umida Sapayevna

o’qituvchi

13.00.02 – Ta’lim –tarbiya nazariyasi va metodikasi

Tarixiy, adabiy-badiiy manbalarda Vatan timsoli

5

Umirova Dilafruz Abdurasulovna

o’qituvchi

13.00.02 – Ta’lim –tarbiya nazariyasi va metodikasi

Klaster usulida talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogic-psixologik xususiyatlari

 

  • O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. O‘zbek tili va adabiyoti kaferasi professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalarni turli xil ko‘rik-tanlovlarda, Fan olimpiadalariga hamda nomdor stipendiyalarga tayyorlash ishlarini olib borishmoqda. Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, ularni mahoratli pedagog sifatida tayyorlash borasida darsdan tashqari ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
  • Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kafedra qoshida quyidagi fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

To‘garaklar faoliyatidan lavhalar