Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu dastur nemis tili, adabiyoti va madaniyatini o'qitisch metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat nemis tili o'qituvchilarni, balki nemis tilini yaxshi biladigan, nemis adabiyoti va madaniyatidan xabardor bo'lgan, qo'shma korxonalarda, shuningdek, nemis tilida muloqot qiluvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lgan ta'limiy, ilmiy va madaniy tashkilotlarida faoliyat yuritishga qodir bo'lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar nemis tilshunosligi, o'qitish metodologiyasining turli jihatlarini nazariy va amaliy aspektda o'rganadilar va nemis tili yoki nemis adabiyoti sohalarida mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'zlashtiradilar va bu borada BMKlarga ega bo'ladilar.
Ushbu dastur ingliz tili, adabiyoti va madaniyatini o'rganish metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat ingliz tili o'qituvchilarni, balki ingliz tilini yaxshi biladigan, ingliz adabiyoti va madaniyatidan xabardor bo'lgan, qo'shma korxonalarda, shuningdek, ingliz tilida muloqot qiluvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lgan ta'lim, ilmiy va madaniy tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar ingliz tilshunosligi, o'qitish metodologiyasining turli jihatlarini o'rganadilar va ingliz tili yoki ingliz adabiyoti sohalarida mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar va tajribaga ega bo'ladilar.