Chop etdi: ADMIN | Ko'rildi: 125 marta
Tegishli bo'limi: Boshqa e'lonlar
2024-yilning 11-12-aprel kunlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Umumiy tarix va ta’lim metodikasi kafedrasi va Ural Federal universiteti Ural gumanitar instituti Tarix kafedrasi (https://urgi.urfu.ru/ru/events/14093/) negizida “Global tarixda Sharq va G'arb” mavzusidagi Xalqaro ilmiy seminar o‘tkazilmoqda. Xalqaro ilmiy seminar onlayn shaklda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ilmiy seminarning maqsadi Jahon tarixi kontekstida Sharq va G‘arb davlatlarining o‘zaro ta’sir jarayonlarini, shuningdek, jahon tarixini o‘rganishning metodologik asoslarini va jahon tarixini global hamda milliy tarixshunoslik kontekstida yoritish xususiyatlarini muhokama qilishdan iborat.
Ilmiy seminarning asosiy yo‘nalishlari:
— Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro ta’siri;
— Global jarayonlarda Sharq va G‘arb;
— Jahon tarixi: metodologiya va tarixshunoslik;
— Raqamli tarix muammolari va istiqbollari;
— Tarixiy tadqiqotlarda yordamchi tarixiy fanlar.
“Global tarixda Sharq va G‘arb” mavzusidagi Xalqaro ilmiy seminarda tarix fanlari bo‘yicha Rossiyaning yetakchi olimlari bilan birga Chirchiq davlat pedagogika universiteti Umumiy tarix va ta’lim metodikasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari va iqtidorli talabalari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Barchangizni “Global tarixda Sharq va G'arb” mavzusidagi Xalqaro ilmiy seminarga taklif etib qolamiz!
Ilmiy seminar havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/85002983183?pwd=zG3vV8ej1iPZNjjUXTt2dISISsAdRH.1
Identifikator: 850 0298 3183
Kod: 111
Vaqti: 11.04.2024 12:00 PM Ekaterinburg