Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Mazkur ixtisoslikda organik moddalar sintezi uchun xom-ashyolar: parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi va sintez-gaz olish kimyosi va texnologiyasi, galogenlash jarayonlari, radikal-zanjirli galogenlash, suyuq fazada xlorlash jarayonlari, gaz fazasida xlorlash texnologiyasi, aromatik birikmalarni galogenlash, ftorlash jarayonlari, xlorli xosilalar gidrolizi va ishqoriy degidroxlorlash, ishqoriy degidroxlorlash bilan xlorolefinlar ishlab chiqarish, ishqoriy gidrolizlash bilan spirt va fenollar ishlab chiqarish, gidratatsiya va degidratatsiya, olefinlar va atsetilen gidratatsiyasi, degidratatsiya jarayonlari, eterifikatsiya, metanol ishlab chiqarish texnologiyasi, alkillash jarayonlari, sulfatlash, sulfirlash va nitrolash jarayonlari, oksidlash jarayonlari, degidrirlash va gidrirlash jarayonlari, uglerod oksidi asosida sintez jarayonlarini texnologiyalari kabi ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslik bo'yicha tayanch doktorantlar polimerlar molekulalarining katta o’lchami va zanjirsimon tuzilishi, oddiy quyimolekulyar moddalardan farqlanuvchi o’ziga xos xossalarni o'rganib polimer moddalar makromolekulasining xususiyatlari, polimerlarning sintezi va uning muhim qonuniyatlari, fizik-kimyoviy va fizikaviy-mexanik xossalarining asosiy xususiyatlari, polimerlar kimyosida qo’llanadigan usullar va sanoatda hamda turmushda keng qo’llaniladigan polimerlar haqida ilmiy izlanishlar olib borishadi.
Mazkur ixtisoslikda uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlari, organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllari ilmiy tadqiq etiladi.
Ushbu ixtisoslikda tayanch doktorantlar osmon jismlari va hodisalari, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasini tushuntirish uchun matematika, fizika va kimyodan foydalanish usullari, sayyoralar, oylar, yulduzlar, tumanliklar, galaktikalar va kometalar va tegishli hodisalarga o'ta yangi yulduz portlashlari, gamma nurlarining portlashlari, kvazarlar, blazarlar, pulsarlar va kosmik mikroto'lqinli fon radiatsiyasi hamda yer atmosferasidan tashqarida paydo bo'lgan narsalarni o'rganib ilmiy faoliyat olib boradilar.