+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi

Bo'lim boshlig'i:

Bo'lim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-son «Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi (Adliya vazirligida 2021-yil 12-mayda 2859-3–son bilan ro‘yxatga olingan) qarori amaliyotda qo‘llash uchun.


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining
Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar

 bilan ishlash bo‘limi

NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Nizom Ijro intizomini ta’minlash va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim” deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.-Bo‘lim Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (keyingi “Institut” deb yuritiladi) institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

3. Bo‘lim o‘z faoliyati yuzasidan Rektorga hisob beradi.

4.-Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom, vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

5.-Bo‘lim o‘z faoliyatini institutning tarkibiy bo‘limlari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

2. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, majlis bayonlari (tashriflar davomida) bayonlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

institut buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, tasarrufdagi tashkilotlar, texnikumlar, litseylar, fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezident 2021-yil 31-maydagi " "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5132-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
12-yanvardagi 12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, Institutning tarkibiy bo‘linmalari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylar tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib borish;

7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

ijroga olingan barcha turdagi, shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilganda yoki ijrosi to‘laqonli bajarilmaganda bu to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;

institut tarkibiy bo‘linmalari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

rektorni qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, Kengash yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;

oliy va professional ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limga taalluqli bo‘lgan Vazirlik buyruqlari, Hay’ati qarorlari, institut buyruqlarida bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;

nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;

institut rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (Rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida institutda og‘zaki qabullarni tashkillashtiradi;

institut rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (Rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

institutga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda institut Kengash yig‘ilishlarida axborot berib boradi;

institutning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;

institutda ro‘yxatga olingan xatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda Kengashga taqdim etadi;

bo‘lim bevosita faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirib boradi.

3. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari 

8. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

 institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylar bilan hamkorlikda ish yuritadi;

bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylardan belgilangan tartibda oladi;

joylarda ijro intizomini maqsadli o‘rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini jalb etadi;

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;

vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun institut huzuridagi texnikumlar, litseylarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etadi;

O‘z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;

Boshqa masalalar bo‘yicha institutning tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda harakat qiladi;

bo‘lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ega.

9. Bo‘limning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishdagi majburiyatlari:

institut buyrug‘i bilan bo‘limga yuklatilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan muntazam ravishda rektorga tahliliy ma’lumot kiritadi;

ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot berib boradi;

Institutning tarkibiy bo‘limlari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylardan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni oladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida»gi PQ-2881-son, 2018-yil
5-oktyabrdagi «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3962-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini ta’minlash talablarining bajarilishini nazorat qiladi;

Bo‘lim funksional vazifalariga tegishli jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonun hujjatlari asosida hal etilishi mas’ul bo‘ladi;

dasturlar, harakat rejalari, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarini samarali amalga oshirishda ishtirok etadi;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish va himoya qilishni ta’minlaydi.

4. Bo‘lim tuzilmasi

10.-Bo‘lim tuzilmasi: Bo‘lim boshlig‘i, bir nafar bosh mutaxassis, bir nafar inspektorni o‘z ichiga oladi.

11. Bo‘lim ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.

12.-Boshliq, bosh mutaxassis va inspektorlar rektorning buyrug‘i bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

5. Bo‘lim rahbari va xodimlarining asosiy funksional vazifalari

13.- Bo‘lim rahbari va xodimlarining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:

Bo‘lim boshlig‘i:

Bo‘limga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim xodimlari ishlarini tashkil etadi hamda mazkur Nizomga muvofiq bo‘limga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun to‘liq javob beradi.

Bo‘lim faoliyatini takomillashtirish, o‘zi hamda xodimlar malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘limlar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishini elektron tizimda nazoratini olib boradi, institut majlislarida, Kengash yig‘ilishida ularning ijrosi natijadorligini ko‘rib chiqadi hamda tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, institut tizimidagi bo‘limlar mas’ul xodimlarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan rektorga takliflar kiritib boradi.

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylarida ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi.

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlari, litseylarida ijro intizomi holatini tizimli ravishda maqsadli o‘rganishni tashkil etadi.

Bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi.

Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi.

Bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa direktiv organlardan, vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan institutga kelib tushgan xat-hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazish hamda institut rahbariyati, uning tarkibiy boshqarma va bo‘limlariga etkazilishini nazorat qiladi.

institut buyruqlari hamda tegishli xatlarni rasmiylashtirib borilishini nazoratini olib boradi.

belgilangan xizmat vazifalaridan kelib chiqib, bo‘lim ish rejasiga amal qilgan holda, xodimlarning ish faoliyatini sifatli tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi.

Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, xatlarni jo‘natish va ichki hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi.

ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o‘rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo‘limlar bilan hamkorlikda ish olib boradi va tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.

 

Bosh mutaxassis:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishini nazoratini olib boradi va elektron tizimini yuritadi.

Elektron tizimda nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganadi hamda tegishli qaror qabul qiladi.

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilishining elektron tizimda nazoratini olib boradi.

Elektron tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot tayyorlaydi.

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut tasarrufdagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini maqsadli va kompleks o‘rganishda ishtirok etadi hamda tegishli takliflar ishlab chiqishda qatnashadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

Inspektor:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Kengash yig‘ilishiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlaydi va qabul qilingan qarorlar, buyruqlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Bo‘limning funksional vazifasidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga oladi va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga etkazadi.

nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi.

institutning tarkibiy bo‘limlari, institut huzuridagi texnikumlar, litseylari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi va har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritiladigan hisobotlarni shakllantiradi.

Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

6. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish.

14. Bo‘lim institutning ish reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risida Nizom, institut Nizomi, Bo‘lim Nizomi, shuningdek, institut va bo‘limning ish rejalari asosida tashkil etiladi.

15. Bo‘limning ish rejasi institutning ish rejasi asosida shakllantiriladi hamda institut rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

16. Bo‘lim xodimlarining shaxsiy ish rejasi Bo‘lim boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

7. Yakuniy qoidalar

17. Bo‘lim faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


 


Ish reja:

Qo'shimcha

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limiga tegishli boshqa ma'lumotlar