2022 yil 24-27 may kunlari Toshkent shahrida Òzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan òtkazilgan Oliy ta'lim muassasalari bakalavr yònalishi talabalari òrtasidagi "Yangi Òzbekistonni òzimiz, òz qòllarimiz bilan bunyod etamiz" Esselar tanlovining Respublika bosqichi yorqin va unutilmas lahzalarga boy bòldi. Esselar tanlovining final bosqichida jami 42 nafar talaba ishtirok etdi. Shundan, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutidan ishtirok etgan ikki talaba Uraimshikova Maftuna va Imomova Malikalar faxrli òrin va ģolibliklarni qòlga kiritishdi.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar va turizm fakulteti 2-bosqich talabasi Uraimshikova Maftuna Rustam qizi Esselar tanlovining Respublika bosqichida faxrli ikkinchi òrinni oldi. Talabamiz tanlov Nizomida belgilanganidek, sertifikat, zamonaviy noutbuk hamda 20 mln so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi!
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti Òzbek tili va adabiyoti yònalishi 3-bosqich talabasi Imomova Malika Hakim qizi "Bezovta qalb" nominatsiyasi gòlibi bòldi. Talabamiz tanlov Nizomida belgilanganidek, sertifikat hamda zamonaviy noutbuk bilan taqdirlandi!