2022 yil 20 aprelda Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti “Bolalar sporti” kafedrasi tashabbusi bilan “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida hamda 2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»”ga bag‘ishlangan fakultet talaba yoshlari o‘rtasidagi “Gimnastrada” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sport gimnastradasida kafedraning faol talabalari o‘zaro bellashishdi. Musobqani TVCHDPI “YOshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlash bo‘yicha prorektori” Xusanov Bahodir Ergashovich ochib berdi. SHundan so‘ng davlatimiz madhiyasi yangrab, qatnashchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani p.f.n.dotsent Qaxramon Madaminovich Ibadullaev so‘zga chiqib, barcha “Gimnastrada” ishtirokchilarini bugungi tantana bilan qutlab, ularga omad tiladi.
|
“Gimnastrada” tanlovi natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni 2 ta guruh (Maktabgacha ta’lim 21/11 qozoq guruhi 21/7, o‘zbek guruhimiz 98 ball bilan) qo‘lga kirtishga muvaffaq bo‘ldi,
2-o‘rinni esa 3 ta guruh: (102 ball bilan ) maktabgacha ta’lim 21/6, Maktabgacha ta’lim 21/3, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 21/2 / jamoalari egallashdi.
Faxrli 1-o‘rinni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 21/1 guruhi talabalari umumiy hisobda 108 ball bilan qo‘lga kiritishdi.
Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar ham turli nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi. “Eng ahil jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/13, - “Eng shiddatli jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/4, - “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/5, - “Eng quvnoq jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/1, - “Eng shiddatli jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/2, - “Eng namunali jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/9, - “Eng nafosatli jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/8, - “Eng mahoratli jamoa” nominatsiyasini Maktabgacha ta’lim 21/10, - “Eng abjir jamoa” nominatsiyasi Maktabgacha ta’lim 21/12 jamoalariga berildi.
Tanlovni odilona baholab borgan hakamlar hay’ati a’zolariga institut va hamkor tashkilotlar tomonidan tashakkurnomalar e’lon qilindi.
Musobaqaga Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti “Bolalar sporti” kafedrasi mudiri Abdullaev Abdukayum Abdulxaevich bosh hakamlik qildi.
Musobaqa hakamlari hay’ati a’zolari: Xaytmetov Ilyos Sobirjonovich, O‘zDJTU Gimnstika nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi; Kadirova Nurie Abduramanovna - CHirchiq shaxar XTB estetika fanlari metodisti; Qadirova Zarina Rustemovna - CHirchiq shaxar 14 maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, Badiiy gimnastika murabbiyi; Markelova Galina Ivanovna - CHirchiq shaxar 9 maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, Badiiy gimnastika murabbiyi; Sanakulova Aziza Raximovna - CHirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi.