Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 986 marta
Tegishli bo'limi: Yig'ilishlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti (QS World University Rankings 246) mexanika-matematika fakulteti oʼquv ishlari boʼyicha dekan muovini, professor Oleg Аleksandrovich Danilov tashrif buyurdi.
Matematika va informatika fakultetida tashkil etilgan uchrashuvda professor, Oleg Аleksandrovich Danilov 2-3 kurs iqtidorli talabalari bilan master klas mashg’ilotlarini olib bordi.
Professor Oleg Danilov talabalarga Novosibirsk davlat universitetida bakalavriat va magistraturada oʼqish qanday tashkil etilganligi, kredit-modul tizimi, magistraturaga kirish va universitet hayoti haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Uchrashuv qizgʼin, savol-javoblar ostida boʼlib oʼtdi. Kelajakda hamkorlik rejalari tuzildi.
Shuningdek 16 nafar 2, 3 bosqich iqtidorli talabalari ilmiy ishlariga Novosibirsk davlat universiteti professor-oʼqituvchilari rahbarlik qilishlari kelishib olindi.
Kelajakda ushbu talabalarni Novosibirsk davlat universitetiga suxbat asosida grant o'rinlarga magistraturaga qabul qilish rejalashtirildi.