Geografiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari Chirchiq shahrida yashovchi mehnat faxriysi, 80 yoshli - Mahkamova Tojixon ayaning holidan xabar olishdi.
Genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi oʻqituvchisi X.O. Bektayeva bayram munosabati bilan ustoz-murabbiy, biologiya fanlari doktori, professor - Shamsuvaliyeva Laylya Abdraximovnani bayram bilan tabrikladi!
Biologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari Chirchiq shahar Ulugʻbek MFY, Sportchilar koʻchasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 98 yoshli - Juchkov Vasiliy Mixaylovichni holidan xabar olib, ularning sermazmun suhbatlarini tinglashdi. Urushda koʻrgan-kechirganlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.