Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 870 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Institutda 3-dekabr xalqaro nogironlar kuniga bag’ishlangan Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika logopediya yo’nalishida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan jamoalar o’rtasida STEAM olimpiadasi o’tkazildi.
Mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan, intellektual salohiyatli, ruhiy barqaror, jismonan sog’lom avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan davlat siyosatini izchil, manzilli va maqsadli amalga oshirish, institutda iste’dodli talabalarni kashf etish, ularning faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan muvofiqlashtirib borish, sohada ilg’or tajribalarni ommalashtirishda respublika va xalqaro tajribalarni inobatga olish, iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash, intellektual o’sishi uchun sharoit yaratish, ma’naviy, huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ularni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga hamda talabalar uchun o’quv mashg’ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interfaol usullarni tatbiq etilishini ta’minlashga qaratilgan intellektual olimpiada o’tkazildi.
Olimpiadada fakultetning 6 ta, “YUKSALISH”, “INTELLEGENTLAR”, “LOGOPEDIATORLAR”, “LOGO STAR”, “RENESANS”, va “ARISTOKRATLAR” nomli jamoalari ishtirok etishdi:
1-bosqich 21/1-guruh talabalaridan tashkil topgan “RENESANS” jamoasi g’olib deb topildi va keying bosqichda ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Olimpiada yakunida jamoalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Institut axborot xizmati