Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 8957 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Аyni daqiqalarda АOKАDА Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing boʼlib oʼtyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.
? Taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʼquv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida
Haftalik oʼquv kunlari oʼquv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda oʼquv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan boʼlsak, haftalik oʼquv kuni 5-6 kunga toʼgʼri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.
? Oʼquv jarayonini anʼanaviy shaklida boshlash toʼgʼrisida
Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan oʼquv jarayonini anʼanaviy tarzda boshlash boʼyicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida oʼquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi. Аyrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning oʼqishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini oʼrganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud boʼlgan talabalar anʼanaviy taʼlimga toʼliq jalb etiladi.
? Toʼlov-kontrakt miqdorlari xususida
2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʼlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʼlov-kontrakt asosida oʼqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida joriy oʼquv yilidagi amaldagi toʼlov-kontrakt miqdorlari oʼzgarishsiz saqlab qolinadi.
Vazirlik telegram kanaliga ulanish???
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g